3 sentyabr. Maktabni sogʻinganman. Kayfiyatim aʼlo.

Yangi maktabimga chaqirtirishdi. Keldim. Maktabda muammolar bor: ish oʻrnini qisqartirish kerak.

Doʻstim bilan ketishga majbur boʻldik. Yangi oʻquv yiliga bir kun qolganda ishimdan ayrildim. Gʻalati vaziyat. Karaxtman.

4 sentyabr. Hamma forma kiyib, maktabga otlangan. Koʻchalar gavjum. Men esa ishsiz, uyda yolgʻizman.

Odam sevgan narsasi bilan sinaladi deyilganidek — koʻpincha darssiz qolish bilan sinalganman.

3 kun tinimsiz ish qidirdik:

Xususiyda — joy yoʻq. Boʻlsa ham ikki barobar kam oylik taklif qilyapti. Davlat maktabiga esa soqolim yoqmadi.

Qismat ekan. Yaxshilikka.

Yaxshilikkaligini bilaman. Baribir bandaman — stressdaman.

Hoʻp, qanday yengyapman?

1. Jamoatga qoʻshilishga harakat qilyapman: doʻstlar bilan vaqt oʻtkazish, jamoat namozi, oila davrasi;

2. Sport bilan shugʻullanyapman: oʻzimga ishonchim tushmasligini taʼminlayapti;

3. Toʻyib uxlab, eski charchoqlarimni chiqaryapman.

4. Kitob oʻqiyapman: boshida yoqmas ekan. Keyin holatimga mos kitob topdim — "Hammasi Rasvo" Mark Menson.

Yaxshi ish topilguncha shu ishlarni bajarib turmoqchiman..

Maslahat bering: yana nimalar bilan shugʻullansam boʻladi?

Nima deb oʻylaysiz: maktabdan ketishimning hikmati nima ekan-a?