"The Excellent 11" — Ron Clark.

Muvaffaqiyatli oʻqituvchi, ota-ona va tarbiyachilar bilan muloqot qilgan pedagog — Ron Klark ularning umumiy 11 ta xislatini tahlil qilib yozadi.

"Manipulyativ diktatorlar" — Sergey Guriyev.

Stalin, Gitler kabi avvalgi diktatorlar qonxoʻr edi. Qoʻrquv bilan xalqni boshqarardi. Hozir esa diktatorlar oʻzgarishga majbur. Sabab OAV — media bor:

Insonlarning oldida hurmati tushishi mumkin. Shu sababli, zamonaviy diktatorlar xalqni turli hiyla-nayrang bilan manipulyatsiya qilishga majbur. Kitob esa oʻsha hiylalarni ochib beradi.

"Muqaddima" — Ibn Haldun.

Tsivilizatsiya va davlatlarning kelib chiqishi haqida fundamental tahlil. Mohiyatan vaziyatni tushuntirib beradigan kitoblarni yoqtiraman, va «Muqaddima» aynan shunday asar.

"This is Marketing" — Seth Godin.

Brend qurish va marketing boʻyicha bilimlarimni oshirish uchun oʻqiyapman.

"Hokimiyatning 48 qoidasi" — Robert Grin.

Muallif inson psixologiyasi va boshqaruv uslublarini tarixiy misollar orqali tushuntiradi. Psixologiyaga qiziqaman, tarixdan esa dars beraman. Bir oʻq bilan ikki quyon.

"Islam, Authoritarianism and Underdevelopment" — Ahmet T. Kuru.

Musulmon davlatlari rivojlanishda ortda qolishining sabablarini ilmiy tahlil qiladi. Baʼzilar sayoz fikrlab bunga — yahudiylarni yoki moʻgʻullar bosqinini ayblaydi, lekin Kuru bu masalaga chuqur ilmiy yondashadi.

Olam va Odam Din va Ilm — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

Yuqoridagi — Ahmed Kuruning kitobidan ilhomlanib, musulmonlar tanazzuli haqida yanada koʻproq maʼlumot olishni istadim. Bu kitob aynan shu uchun tanlandi. Tarixchilar albatta oʻqishi kerak deb oʻylayman.

Siz qanday kitob oʻqiyapsiz?

Yozib qoldiring, menga juda qiziq!