Kuzatuvlarim natijasida koʻp yillar kasbida rivojlanish kuzatilmagan oʻqituvchilardagi — umumiy xislatlarni sanab oʻtmoqchiman:
1. Oʻquvchilarni yomonlash odati. Doimo aybni oʻzidan emas, talabalardan qidiradigan ustozlar
2. Gʻiybatchilar jamoasi. Rahbariyat chiqargan qarorlarni oʻrinsiz holatda tanqid qiluvchi oʻqituvchilar guruhi
3. Oʻzbekiston va maktab taʼlim tizimidan tinmay ayb qidiruvchi muallimlar
Kasalni davolash — kasalni tan olish bilan
Bu ustozlar aybni boshqalardan izlab, goʻyo: "Meni oʻzgarishimga hojat yoʻq, hamma ayb oʻzgalarda" - deganday boʻladi.
Ularning bu kibri — ilm olishdan toʻsadi
Zero, ilm olish kamtarlik va xokisorlikni talab qiladi..
Qissadan hissa:
Oʻquvchilarni eplay olmayapsizmi?
Darsingizda muammolar bormi?
Aybni oʻzingizdan qidiring!
Shunda yechim topiladi, inshaAlloh!
P.S: Nooʻrin holatda eʼtiroz bildirish, adolat istash, taʼlim tizimidan kuyunib gapirish tabiiy holat.
Yuqorida sanab oʻtgan sifatlarim oʻziga shu xislatlarni kasb qilib olib, muvaffaqiyatsizligida oʻzgalarni ayblovchi ustozlar haqida..