Inson ongi ikki hil fikrlash tizimida ishlaydi:
Tizim 1 — tez, avtomatik, yengil yechim izlaydi;
Tizim 2 — sekin, tahlil qilib va chuqurroq oʻylaydi.
"Tizim 1" fikrlashimizning eng katta kamchiligi bu — bir dona formula oʻrganib olib, barcha muammolarga shu formula bilan yechim bermoqchi boʻladi:
Oʻzini qiynab chuqur javob izlamaydi. Oʻta sodda fikrlaydi.
“Agar sizda mavjud yagona asbob — bolgʻa boʻlsa, siz har qanday muammoni mix sifatida koʻrasiz”, — degan edi psixolog Maslov.
Oʻzimizdan misol keltiraman:
Masalan, ustozlar orasida “telefon yoshlarni buzayapti” degan tushuncha mavjud.
Shundan soʻng:
• Oʻquvchi dars qilmasa — telefon;
• Xulqi oʻzgarsa — telefon;
• Gap qaytarsa — telefon;
• Darsda uxlasa — telefon;
• Baholari tushsa ham — telefon;
• Sevishib qolsa ham — telefon aybdor!
Vaziyatga yengil yechim berib, chuqurroq kirishishga erinamiz. Natijada toʻgʻri tashxis qoʻyolmaymiz va muammoni hal qila olmaymiz.
Balki oʻquvchi kasaldir?
Balki oilaviy muammosi bordir?
Balki moliyaviy qiyinchilikdadir? — chuqurroq tahlil qilib koʻring.
Qissadan hissa:
Bir muammoni oʻrganib olib, hammani hayotini shu muammoga moslamang!