Stalin qoʻrquvga asoslangan tartib-qoidalar oʻrnatadi:

— sababsiz ishga chiqmaslik;

— ruxsatsiz 20 daqiqa ish joyini tark etish;

— ish joyida boʻsh oʻtirish jinoyatga tenglashtiriladi.

Qoida buzganlarni 6 oy ogʻir mehnat va 25% jarima kutib turardi.

1940 - 1955 yillar davomida 36 million kishi aybdor deb topildi. 15 millioni qamaldi, 250 ming kishi otib tashlandi.

Qattiq mehnat va tartib bilan SSSR shiddatli rivojlanadi. Hatto ekspertlar 1997 yilga kelib AQSHdan oʻzib ketishini taxmin qiladi.

Ammo unday boʻlmadi. 1970 yillarga kelib rivojlanish toʻxtab qoladi:

Qoʻrquv va jazolash — ishchilarni yaxshi gʻoyalar haqida oʻylashdan toʻsib qoʻyadi. Tugʻma qobiliyat va ijodkorliklarini soʻndiradi. Ishga boʻlgan ragʻbatini tushiradi.

Natijada, SSSR yangi texnologiyalar yaratish boʻyicha dushmanlaridan ortda qoladi:

1989-yilda magʻlubiyat — Sovet davlatining parchalanishi bilan tugaydi.

Qissadan hissa:

Qoʻrquvga asoslangan taʼlim — oʻquvchilarning qobiliyat va ijodkorligiga ziyon yetkazadi. Ularni ilmga boʻlgan ragʻbatlarini soʻndiradi.

Qattiq jazolash foydali koʻrinsada, kelajakda — samara bermaydi.