“Bolalarni erkin qoʻyish kerak: turtilsin, daraxtga chiqsin, yiqilsin”, deb rosa aqllilik qilardim.

Oʻzim ham farzandlik boʻldim. Qizim yiqilishi u yoqda tursin, yiqilishini oʻylashning oʻzi uyqumni oʻchirib yuboradi.

Alloh ichimizga solgan — fitratimizda bor himoya mexanizmida baribir:

Otaning farzandi uchun qaygʻurishi — hatto Paygʻambarlarda ham bor ekanini oʻylasak, bir tomondan taskin topamiz. (12:13 — 12:67)

Lekin har ishda muvozanat boʻlishi kerak degan gap ham haq.

Bolalarimizni ortiqcha ehtiyotlash, ularni xato qilishdan asrashga urinish — aynan shu narsa farzandimiz kelajagiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin.

Hikmat:

Farzandim qiynalmasin desang, farandim qiynalmasin dema..

Afsuski, baʼzi ota-onalar farzandlarini shunchalik avaylashadiki, ular mustaqil harakat qila olmay qolishadi.

Hatto ishga kirish suhbatiga onasi bilan keladiganlar soni oshib borishini koʻrishimiz mumkin.

Hoʻp, nima qilish kerak?

Shu savol kaminani qiynadi. Izlanish natijasida quyidagi yechimlarga duch keldi:

Bolangiz bilan birga oʻzingizni ham chiniqtiring.

Ota-ona sifatida farzandni mustaqil tarbiyalashda nafaqat bola, balki oʻzingiz ham ruhiy mashqdan oʻtishingiz kerak.

Keling, dorbozlar misolida koʻrib chiqamiz. Dorbozlar 3–5 yoshli farzandlari uchun bir necha qatlam arqon tortib qoʻyishadi. Bolalar oʻsha arqonlarda yuguradi, oʻynaydi. Vaqt oʻtib, har gal bittadan arqon kamayib boradi.

Oxirida faqat bitta — dor qoladi. Bolaning oʻzi esa shunchaki yuruvchi emas, qoʻrqmas dorbozga aylanadi.

Bu nafaqat bolaning mustaqillikka qadami, balki ota-onaning ham qoʻrquvni yengishi, ichidagi vasvasani boshqarishi uchun tajriba maktabiga aylanadi.

Qoʻshimcha maslahatlar:

1. Har bir voqea Allohning irodasi ila sodir boʻlishini unutmang.

Siz ehtiyot choralarini koʻring, lekin natijani oʻz qoʻlingizda deb oʻylamang. Bu eʼtiqod qalbingizga xotirjamlik beradi. (12:68)

2. Mustaqil qoʻymaslikning salbiy oqibatlarini yodda tuting.

Agar farzand oʻz vaqtida mustaqillikka oʻrganmasa:

• Qaror qabul qila olmaydi

• Birinchi muvaffaqiyatsizlikda tushkunlikka tushadi

• Har narsa uchun ota-onasini ayblaydi

Bu xavflar ortiqcha asrashdan tiyilishga turtki boʻladi.

3. “Qoʻrqaman, lekin ruxsat beraman” iborasini shior qiling.

Bu — sogʻlom ruhiy balans belgisi. Qoʻrquvingizni inkor etmasdan, bolangizga oʻsish imkoniyatini berishni anglatadi. Uni oʻzingizga tez-tez eslating.

Xullas, oʻsha formula:

Oʻzgartirmoqchimisiz?

Oʻzgaring!

Siz yana qanday yechimlar bera olasiz? Ulashing!