•Nima xato qildim?
•Nega hayotim ostin-ustun boʻlib ketdi?
•Qayerda kamchilikka yoʻl qoʻydim?
•Nega unday boʻlyapti?
•Nima gunoh qildim ekan-a?
Inson qiyin vaqtlarda shu kabi fikrlarni ichidan oʻtkazadi.
Nega Alloh bandasini shunday vaziyatlarga soladi?
Sababi, inson oʻzini taftish qilishini xohlaydi:
Banda qiyinchilikda ekan, birma-bir qilgan ishlarini tahlil qiladi.
Tahlil qilar ekan, xatolarini koʻradi. Istigʻfor aytadi. Tuzatadi. Xulosa oladi. Robbisiga yaqinlashadi.
Xullas
Yuqoridagi savollar seni ham qiynayaptimi?
Sababini ham tushungandirsan.