Qizimni isitmasi chiqdi. Qiynaldi. Yigʻladi.
Doktorga koʻrsatsak — tishi chiqayotgan ekan:
Ogʻriq neʼmat olib kelayotgan edi.
• Maryam alayhissalom toʻlgʻoq azobidan "qaniydi avvalroq oʻlib ketsam", degandilar.
Ularni Paygʻambarni dunyoga keltirish sharafi kutib turardi.
• Yusuf alayhissalom necha yillab, zindonda qoldilar.
Aslida, zindon — podshoxlikka yoʻl edi.
Misollar koʻp. Qoida bir:
Neʼmatlar ogʻriq bilan keladi.
Qiyinchilikdamisiz? Siqilmang.
Balki sizga neʼmat kelayotgandir?