Farosat — turmushga chiqolmayotgan qiz bola tanishingdan: «Toʻy qachon?» deb soʻramaslik.

Farosat nima?

Farosat — ishi yurishmayotgan doʻstlar oldida muvaffaqiyatingni maqtanmaslik.

Farosat nima?

Farosat — yaqinda uylangan tanishingdan: «Yangilik bormi?» deb soʻramaslik.

Farosat nima?

Farosat — adminning shaxsiysi turganida, oʻzini chetlab, izohda «Alloh yoʻlida» tanqid qilmaslik.

Davom ettiring...

Izohlardan:

Farosat — telefonni ikki marta koʻtarmasa, qaytib qoʻngʻiroq qilmaslik..

Farosat — beva ayol oldida eri haqida maqtanmaslik..

Farosat — oʻzing izlanib topa oladigan savolingni, qayta-qayta boshqalardan soʻramaslik..

Farosat — "xitoy tilini qisqa muddatda oʻrgansa boʻladimi?", deb soʻramaslik..