2 oylik «safar»imda Toshkentdagi koʻplab maktablarni koʻrib chiqdim. Demo dars oʻtdim. Rahbariyati bilan suhbatlashdim. Zoʻr tajriba boʻldi.
Xullas, koʻrgan kechirganlarim, menga qilingan muomalalar haqida yozib qoldirishga qaror qildim:
1. Westminster International School — oʻta hashamatli. Faqat asosiy oʻqituvchilar chet ellik boʻlishi kerak ekan. Oʻzbek boʻla turib ishlashingiz uchun bir necha yil maktabda yordamchi ustoz boʻlib ishlashingiz kerak. HR (kadrlar boʻlimi) muomalasi yomon emas.
2. Thompson School (Uchtepa). Direktorda xodimga nisbatan muomala yoʻq. Soqolimni tanqid qildi. Qattiq xafa boʻldim. Tavsiya qilmayman.
3. PDP School. Xodimni kutib olish, muomala yaxshi. Faqat maktab uchun ITʼdan tashqari koʻp fanlar 3-darajali ekan.
4. Genius International School. Direktori bilan qisqaroq suhbat qurdik. Muomala yomon emas. Taʼlimni yaxshi tushunadigan odam.
5. Iftixor Maktabi. HR tizimi zoʻr yoʻlga qoʻyilgan. 1-telefonda qisqa suhbat, keyin maktabda alohida suhbat boʻldi. Maktab muhiti yoqdi. Ustozga hurmat balandga oʻxshadi. Muomala zoʻr.
6. The First (Chirchiq). Rus maktab boʻlganiga mensimay gaplashsa kerak deb oʻylagandim. Ammo juda samimiy kutib olishdi. Zam direktori joy yoʻq ekanligiga uzr aytib, ish topish mumkin boʻlgan kanallar roʻyxatini berib, yordam qildilar. 1 soatga yaqin suhbatlashibmiz. Shu opaga rahmat.
7. Lumos Mind School. Xodimni ishga olish tizimida muammo borga oʻxshab koʻrindi. Bogʻlanishga 1 haftadan oshiq vaqt sarfladim. Keyingi muammo: ishga qabul qilingan, qilinmagani haqida aytishmas ekan. 1 hafta umrim isrof boʻldi. Oʻqitish tizimi yaxshiga oʻxshadi lekin.
8. Yuksalish Maktabi (Chirchiq). Muomala, xodimga hurmat — aʼlo. Rahbari bilan samimiy suhbat qurdik.
9. Target International School (Tinchlik). Zam direktor opa juda ochiqkoʻngillik bilan kutib oldilar. Darslarimni kuzatib, baʼzi xatolarimni ham toʻgʻirlab ketdilar. Oʻqitish tizimi, saviyasini bilmayman lekin.
10. Oxbridge International School. Suhbat qisqaroq boʻldi. Muomala, hurmat oʻz joyida.
11.Turon International School (Chirchiq). HR koʻrishmadi. Faqat belgilangan muddatda xodim oladi shekilli.
12. Grand Taʼlim. Avval ham borgandim. Muhit, muomala yoqqandi. Bu safar rahbariyat band ekan. Gaplasha olmadik.
Ogohlantiraman, bu mening shaxsiy tajribam. Bir kishi fikri va bir xodim muomalasi bilan xulosa qilishni tavsiya qilmayman!
Aziz aka aytgandilar: Yaxshi maktablar — ustoz, yomon maktablar — oʻquvchi topish muammosida yuradi.
Iltimos, siz ham izohlarda oʻz tajribalaringiz bilan oʻrtoqlashing. Kimgadir manfaati yetar balki..